» » Zlatan Ibragimovich “Milan”ga qaytishi mumkin

Zlatan Ibragimovich “Milan”ga qaytishi mumkin


Ayni damda MLS’da faoliyat olib borayotgan Zlatan Ibragimovich Yevropa futboliga qaytishi mumkin.

Qayd etilishicha, 37 yoshli shved futbolchisini o‘z safiga qo‘shib olish variantini Italiyaning “Milan” klubi ko‘rib chiqmoqda. Ta’kidlash joiz, Zlatan 2010—2012-yillarda milanliklar safida to‘p surgan. “Milan” rahbariyati bosh murabbiy Jennaro Gattuzo oldiga Chempionlar Ligasiga yo‘llanma olish va Yevropa Ligasida iloji boricha uzoqroqqa borish vazifasini qo‘ygan. Buning uchun esa klub hujum chizig‘ini Zlatan bilan kuchaytirish borasida o‘ylab turibdi.

Ibragimovichning o‘zi esa bir necha bor faoliyatini vatanida — “Malmyo” klubida yakunlashni xohlashini aytib o‘tgan. Ammo yana 2 yil yuqori saviyada futbol o‘ynashga kuchi yetishiga ishonayotgan Zlatan hozirning o‘zida Shvetsiyaga qaytish istagida yonayotgani yo‘q.

Ma’lumot uchun, futbolchining Los Angeles Galaxy klubi bilan shartnomasi 2019-yil dekabrida nihoyasiga yetadi. “Milan” esa Zlatanni qishki transferlar vaqtida sotib olishi mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-10-2018, 15:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 92) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют