» » Jennaro Gattuzo “Milan” bilan yangi shartnoma imzoladi, endi u avvalgi maoshidan 16 baravar ko‘p pul oladi

Jennaro Gattuzo “Milan” bilan yangi shartnoma imzoladi, endi u avvalgi maoshidan 16 baravar ko‘p pul oladi


Italiyaning “Milan” klubi rahbariyati jamoaning amaldagi bosh murabbiyi Jennaro Gattuzo bilan kelishuvni uzaytirdi.

4 oy avval klub kaminaga yangi imkoniyat bergan edi. Jamoani boshqarishdan baxtiyorman. Yigitlarga minnatdorchilik bildiraman. Ortda qolgan 4 oy davomida qanday ishlagan bo‘lsak, shu yo‘nalishda davom etamiz. Maqsadimiz — “Milan”ni Yevropa futboli cho‘qqisiga qaytarish.

Jennaro Gattuzo, “Milan” bosh murabbiyi

Murabbiy bilan 2021-yil yozigacha mo‘ljallangan yangi shartnoma imzolanib, uning yillik maoshi 2 million yevro qilib belgilandi. Bu uning avvalgi maoshidan 16 baravar ko‘p deganidir. 40 yoshli mutaxassisning oldingi yillik maoshi 120 ming yevroga teng edi.

Gattuzo jamoaga kelganidan so‘ng “Milan” Italiya Kubogi finaliga chiqdi va A Seriya turnir jadvalida Chempionlar Ligasi hududiga yaqin joylashib oldi. Ammo Yevropa Ligasidagi ishtirokini nimchorak finalda to‘xtatishga majbur bo‘ldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-04-2018, 14:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 57) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют