» » Zlatan Ibragimovich “Manchester Yunayted”ni tark etdi. Keyingi manzil — MLS

Zlatan Ibragimovich “Manchester Yunayted”ni tark etdi. Keyingi manzil — MLS


36 yoshli shvetsiyalik futbolchi ikki tomonning o‘zaro kelishuvi asosida “Manchester Yunayted” bilan shartnomani bekor qildi. Bu haqda MYuning Twitter-sahifasida ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, Zlatan Ibragimovich kelasi haftada AQShga yo‘l oladi va “Los Anjeles Gelaksi” bilan shartnoma tuzadi.

Zlatan MYuda ikki mavsum harakat qildi va uchta sovringa — Angliya liga kubogi, Angliya superkubogi va Yevropa ligasi kubogiga ega chiqdi. APLda esa 33 ta uchrashuvida maydonga tushgan Ibra 17 ta gol urdi va beshta golga hammualliflik qildi.

MYudan ketishi borasida Zlatan shunday dedi:

Hamma yaxshiliklarning ham oxiri bo‘ladi. MYudagi fantastik ikki mavsumdan keyin yana olg‘a yurishda davom etishim lozim. Klubga, muxlislarga, murabbiy va barcha xodimlarga hayotimdagi ushbu davr uchun minnatdorchilik bildiraman.

Zlatan Ibragimovich, futbolchi

Quyida Zlatan Ibragimovichning MYu safida urgan gollarini yodga olamiz.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-03-2018, 09:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 65) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют