» » Ibrahimovichning bezoriligi qimmatga tushdi. Zlatan uchta o‘yinga chetlatildi

Ibrahimovichning bezoriligi qimmatga tushdi. Zlatan uchta o‘yinga chetlatildi


“Manchester Yunayted” hujumchisi Zlatan Ibrahimovich Angliya futbol assotsiatsiyasi qaroriga ko‘ra uchta o‘yinga chetlatildi va mos ravishda jarima ham to‘laydigan bo‘ldi.

Premyer-liganing 27-turdan o‘rin olgan “Bornmut”ga qarshi o‘yinida mehmonlar himoyachisi Tayron Mingz bir necha bor Ibrahimovich bilan to‘qnashuvli vaziyatlar sodir etdi. Bosh hakam har ikki futbolchini o‘z oldiga chaqirib, ularni og‘zaki ogohlantirgan bo‘lsa-da, futbolchilar o‘zini bosib olmadi.

Vaziyatlarning birida Mingz butsasi bilan yerda yotgan Zlatanning yuzini bosib ketdi. Bunga javoban esa Ibrahimovich to‘pga sakrayotgan bir vaqtda Mingzning yuziga tirsagi bilan urdi. Hakam har ikki vaziyatni ham ko‘rmay qolgandi. Uni o‘rganib chiqqan Angliya futboliga javobgar tashkilot esa “Yunayted” futbolchisining qasddan qilgan ishini kechirishni istamadi.

Shu tariqa shved hujumchisi Premyer-liga doirasida “Sautgempton” va “Midlsbro”ga qarshi safar o‘yinlarini qo‘yib yuboradi. Shuningdek, Angliya kubogidan joy olgan “Chelsi” maydonidagi o‘yinda ham ko‘rinish bermaydi.

Опубликовано: admin (8-03-2017, 14:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют