» » Pepsi Superliga. “Paxtakor” “Metallurg”ni tor-mor etdi, “Qo‘qon-1912” esa AGMKga yutqazib qo‘ydi

Pepsi Superliga. “Paxtakor” “Metallurg”ni tor-mor etdi, “Qo‘qon-1912” esa AGMKga yutqazib qo‘ydi


Bugun, 3-oktabr sanasida Pepsi Superligada 25-tur bahslari davom ettirilmoqda.

Jumladan, Superligada qolish uchun kurashayotgan “Qo‘qon-1912” hamda AGMK jamoalari Qo‘qonda hisob-kitob qilishdi. 41-daqiqada hisobni AGMK futbolchisi Muzaffar Muzaffarov ochdi. Ikkinchi bo‘limning 70-daqiqasida Suhrob Berdiyev hisobni tenglashtirdi. O‘yinga yakuniy nuqtani esa AGMK futbolchisi Azamat Isroilov qo‘ydi. U 87-daqiqada gol kiritib, jamoasining safardan g‘alaba bilan qaytishini ta‘minladi.

Chempionlik uchun kuchli oltilikda kurash olib borayotgan “Metallurg” esa o‘z uyida “Paxtakor”ga qarshilik ko‘rsatishga harakat qilib ko‘rdi, biroq ularning urunishi omadsiz yakunlandi. “Paxtakor” safarda to‘p surganiga qaramay, mezbonlar darvozasiga javobsiz uchta gol urdi. Gollardan ikkitasiga Igor Sergeyev mualliflik qilgan bo‘lsa, yana bir gol Farrux Sayfiyev nomiga yozildi.

Turning so‘nggi o‘yini Toshkentda bo‘lib o‘tmoqda. Unda chempionlik uchun kurashayotgan Mirjalol Qosimov boshchiligidagi “Bunyodkor” Ilhom Mo‘minjonov boshliq “Navbahor”ni qabul qilmoqda.

Pepsi Superliga. “Lokomotiv” va “Nasaf”dan g‘alaba, “So‘g‘diyona” esa “Neftchi”ga javobsiz 3 ta gol urdi

Pepsi Superliga

25-tur bellashuvlari

3-oktabr, chorshanba

Gollar: 1:0—41 Muzaffar Muzaffarov, 1:1—70 Suhrob Berdiyev, 1:2—87 Azamat Isroilov.

Gollar: 0:1—43 Farrux Sayfiyev, 0:2—69 Igor Sergeyev, 0:3—90 Igor Sergeyev.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-10-2018, 21:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют