» » Toshkent shahar hokimiga uch nafar o‘rinbosar tayinlandi

Toshkent shahar hokimiga uch nafar o‘rinbosar tayinlandi


Toshkent shahar hokimligida bosh vazir Abdulla Aripov boshchiligida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda tashkiliy masalalar ko‘rib chiqildi. Bu haqda “Daryo”ga hokimlik matbuot xizmati ma’lum qildi.

Ushbu yig‘ilishda Sherzod Xadjizadayev Toshkent shahar hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Bunga qadar u Markaziy bank raisi o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

Shuningdek, yig‘ilishda Davron Hidoyatov Toshkent shahar hokimining arxitektura, kapital qurilish va kommunikatsiyalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Bugunga qadar u Chilonzor tumani hokimi vazifasini bajaruvchi lavozimida ishlagan.

Mazkur yig‘ilishda Hayot Inog‘omov Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari – Toshkent shahar kanallardan foydalanish va ularga tutash hududlarni obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Bunga qadar u Tashkent City xalqaro ishbilarmonlik markazi direksiyasi davlat unitar korxonasi direktorining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-10-2018, 07:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 95) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют