» » Aqto‘beda avtobusda yonib ketgan o‘zbekistonliklarning yaqinlari 21 mln dollar tovon talab qilmoqda

Aqto‘beda avtobusda yonib ketgan o‘zbekistonliklarning yaqinlari 21 mln dollar tovon talab qilmoqda


Samara-Shimkent trassasida yonib ketgan avtobusda halok bo‘lgan 52 nafar o‘zbekistonliklar yaqinlari tomonidan aytilgan talablar ma’lum bo‘ldi, deb yozadi Sputnik. Sudlanuvchi 5 kishi bu summani to‘lashga ularning qurbi yetmasligini ma’lum qilgan.

Aqto‘be viloyatidagi trassada avtobus yong‘ini vaqtida tiriklayin yongan 52 nafar o‘zbekistonlikning qarindoshlari har bir sudlanuvchidan yetkazilgan ma’naviy zarar uchun 150 million tangadan talab qildi.

O‘zbekistonliklarning qarindoshlari talab qilgan umumiy summa 7 milliard 800 million tangani (21 million dollardan ortiqni) tashkil qiladi.

Eslatib o‘tamiz, fojia joriy yilning 18-yanvarida Samara-Shimkent trassasining 1068-kilometrida yuz bergan. Kassbohrer Setra rusumli yo‘lovchi avtobusi salonida o‘sha vaqtda 55 yo‘lovchi — O‘zbekiston fuqarolari va uch nafar qozog‘istonlik haydovchilar bo‘lgan.

Yo‘lovchilarning bir nechtasi alanga olgan avtobus ichidan sakrab chiqishga muvaffaq bo‘lgan, qolganlari tiriklay yongan.

Avtobus salonidagi temperatura shu darajada yuqori bo‘lganki, ayrim jasadlardan faqat kul qolgan, xolos. Avtobusda yongan 16 kishi O‘zbekistonning Farg‘ona viloyatidan bo‘lgan.

Avtobus haydovchilari o‘zlariga qo‘yilgan aybni tan olmayapti va ularni qo‘yib yuborishlarini talab qilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-10-2018, 08:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют