» » Ohangaronda Markaziy Osiyoda yagona korxona ish boshladi

Ohangaronda Markaziy Osiyoda yagona korxona ish boshladi


Ohangaron shahrida turkiyalik ishbilarmonlar sarmoyasi hisobiga bunyod etilgan Dal Heave Industriyes mas’uliyati cheklangan jamiyati zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlandi. Bu haqda “Xalq so‘zi” xabar bermoqda.

Hozircha Markaziy Osiyoda yagona hisoblangan mazkur korxona metall konstruksiyasi va quyosh panellarini ishlab chiqaradi. Korxona dastlabki mahsulotlarni eksportga tayyorlab qo‘ydi.

Yiliga 12 ming tonna mahsulot tayyorlash quvvatiga ega korxona mahsulotlarining teng yarmi eksportga yo‘naltiriladi.

Yangi loyiha doirasida 11 million AQSh dollari miqdorida qurilish-montaj ishlari amalga oshirildi.

“Yangi korxonada yaratilgan 166 ta ish o‘rnining asosiy qismini mahallamiz yoshlari egalladi. Korxonada ular uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan”, – deydi “Birlik” MFY raisi Muhammad Shukurov.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-10-2018, 09:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 107) ( 0) ( 105) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют