» » O‘zbekistonda “Yosh olim” respublika tanlovi e’lon qilindi

O‘zbekistonda “Yosh olim” respublika tanlovi e’lon qilindi


Innovatsion rivojlanish vazirligi “Yosh olim” respublika tanlovini e’lon qildi. Bu haqda “Daryo”ga vazirlik matbuot xizmati ma’lum qildi.

Tanlovda ilmiy darajasi, unvoni, mansabi va ish joyidan qat’iy nazar, 35 yoshgacha bo‘lgan yosh olimlar, o‘qituvchilar, ilmiy xodimlar, tayanch doktorantlar va doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar va magistrantlar ishtirok etishi mumkin.

Tanlov quyidagi fan yo‘nalishlari bo‘yicha o‘tkaziladi:

Tabiiy fanlar;

Texnika fanlari;

Qishloq xo‘jaligi;

Ijtimoiy-gumanitar fanlar.

Tanlovga yosh olimlarning ilmiy izlanishlari va ularning natijalari aniq aks etgan 2 varaqdan iborat annotatsiyasi elektron shaklda qabul qilinadi. Ma’lumotnoma nomzod tomonidan fanning muayyan sohasi rivojiga qo‘shilgan hissa, shaxsiy ilmiy yutuqlar va xalqaro ahamiyatga molik natijalar bilan boyitilganligi, mahalliy va xorijiy ahamiyatdagi ilmiy jurnallarda nashr qilingan ilmiy maqolalari, monografiya va boshqa nashrlari, shuningdek, ilmiy-tashkiliy faoliyati haqidagi davlat va rus tillarida tayyorlanishi kerak.

Ma’lumotnoma OTM, ITI rahbarlari tomonidan imzolangan yo‘llanma xati bilan jo‘natiladi. Ushbu xatda nomzod tomonidan amalga oshirilayotgan tadqiqot mavzusi, bajarilishi va undan kutilayotgan natijalar respublika ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti uchun muhimligi asoslangan bo‘lishi lozim.

Elektron ro‘yxatdan o‘tkazilgan loyihalar Innovatsion rivojlanish vazirligida 2018-yilning 20-oktyabriga qadar qabul qilinadi. Tanlov g‘oliblari joriy yilning 22—26-oktabr kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan InnoWeyek xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligida e’lon qilinadi. Ular uchun pul mukofotlari ko‘zda tutilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-10-2018, 09:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют