» » Jismoniy tarbiya va sport vazi?r?i aholi bilan birga badantarbiya mashqlarini bajardi (foto)

Jismoniy tarbiya va sport vazi?r?i aholi bilan birga badantarbiya mashqlarini bajardi (foto)


?Qoraqalpog‘iston Respublikasi jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish bo‘yicha namunaviy hudud sifatida tanlab olingan. Hududda turli sport tadbirlari, musobaqalar va targ‘ibot ishlari samaradorligi tajriba-sinovdan o‘tkazilmoqda, deb xabar beradi  Jismoniy tarbiya va sport vazi?rligi matbuot xizmati.

Chora-tadbirlar doirasida O‘zbekistan Yoshlar ittifoqi hamda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Qoraqalpog‘istonning barcha tumanlarida “Yoshlar sport haftaligi”ni namuna tarzida tashkil etdi. Haftalik davomida sportning shaxmat-shashka, badiiy gimnastika, mini-futbol, voleybol, stol tennisi, badminton turlari bo‘yicha o‘yinlar tashkil etilib, ularda 200 ming nafarga yaqin yoshlar ishtirok etdi.

Tadbirlarda Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiyev ham ishtirok etib, ularda ishtirok etuvchilar qamrovini kengaytirish uchun samarali mexanizmlar qo‘llanilishi lozimligi, mazkur hududda to‘plangan tajriba asosida respublikaning barcha hududlarida haftaliklarni tashkil etilishini ta’kidladi.

Vazir respublikada aholi uchun mavjud sport inshootlaridan istalgan payti foydalanish imkoniyatining yaratilish holatini ham o‘rgandi. Jumladan, Nukus shahridagi sport inshootlarida barcha yoshdagi insonlar uchun tashkil etilgan badantarbiya mashqlarini kuzatdi va o‘zi ham ular bilan birgalikda bajardi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-10-2018, 22:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 90) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют