» » Minnesotada mast qushlar shahar aholisini bezovta qilmoqda

Minnesotada mast qushlar shahar aholisini bezovta qilmoqda


AQShning Minnesota shtatida joylashgan kichik shahar aholisi pishgan mevalardan ko‘p yeb, o‘zini mastdek tutayotgan qushlardan shikoyat qilmoqda. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Gildberg shaharchasida qushlarning o‘zini g‘alati tutishi bilan bog‘liq holatlar ko‘paymoqda, ular binolarning derazalariga urilmoqda, mashinalarga qarab uchib bormoqda va o‘zini g‘alati tutmoqda. Mahalliy politsiyaga aholidan ko‘plab shikoyatlar kelib tushgan.

Politsiya tomonidan ma’lum qilinishicha, shaharchada o‘sadigan ba’zi daraxtlarning mevalari erta sovuq sababli odatdagidan vaqtliroq achiy boshlagan, sovuq achish jarayonini tezlshtirib yuborgan. Mevalarni yegan qushlar esa o‘zini g‘alati tutmoqda.

Oregon shtati universiteti tomonidan ta’kidlanishicha, oktabr oyi davomida achib qolgan mevalarni yegan qushlar mastdek g‘alati tutishi mumkin.

Politsiya boshlig‘ining so‘zlariga ko‘ra, joriy yilda mast qushlar bilan bog‘liq vaziyyat jiddiyroq. Ko‘plab qushlar hali janubga uchib ketmagan, shuning uchun ularning soni o‘tgan yildagidan ko‘proq.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-10-2018, 07:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 50) ( 0) ( 49) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют