» » Yuzlab qushlar Texasdagi osmono‘par binoga urilib halok bo‘ldi

Yuzlab qushlar Texasdagi osmono‘par binoga urilib halok bo‘ldi


4-may kuni Texasning Galveston shahrida joylashgan eng baland bino yonida odamlar yuzlab o‘lik va o‘layotgan qushlarga guvoh bo‘ldi, deb xabar beradi National Geographic.

Mutaxassislar ularning orasida o‘rmon qarag‘ayi sayroqisini (dendroica fusca), qizil qalpoqli qoramtir patli kichkina sayroqini (oreothlypis rufcapilla), qizildum chumchuq (phoenicurus phoenicurus) va umumiy miqdorda 25 turga oid  400 ga yaqin boshqa qushlarni topgan.

Janubda qishlab kelgan qushlar Meksika bo‘g‘ozidan uchib o‘tib, shimol tarafga — o‘z uyalari tomon yo‘l olgan. Galveston hududida may oyining boshida kuchli shamol bo‘lib, yomg‘ir yoqqani sabab qushlar pastlab uchishga majbur bo‘lgan. 23 qavatli binoning yorqin chiroqlari ularning parvoziga yakun yasagan. Mutaxassislarning aytishicha, qushlar qorong‘uda chiroqlarni oy yorug‘ligi deb o‘ylagan.

Binoga urilgan yuzlab qushlar ichidan tirik qolgan uchta qush reabilitatsiya markaziga joylashtirilgan. Texas ornitologlari ulkan shaharlar hukumatidan qushlarning ko‘chish vaqtida kechasi baland binolardagi chiroqlarni o‘chirib qo‘yishni iltimos qildi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (12-05-2017, 00:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 100) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют