» » O‘zbekistonda ishsizlik darajasi 9,3 foizni tashkil etdi

O‘zbekistonda ishsizlik darajasi 9,3 foizni tashkil etdi


O‘zbekistonda ishsizlik darajasi joriy yilning 1-yarim yilligida 9,3 foizni tashkil etdi. Bu haqda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi matbuot xizmatiga tayanib, “Turon 24” xabar beradi.

“2017-yilning xuddi shu davri bilan qiyoslaganda ishsizlikning ortishi (5,2 foiz) ishsizlar sonining keskin ko‘paygani bilan emas, balki band bo‘lmagan aholini hisobga olish metodologiyasining takomillashgani bilan bog‘liq”, deyiladi xabarda.

Ishsizlik darajasi 30 yoshgacha bo‘lganlar orasida 15,9 foizni, ayollar o‘rtasida 13,4 foizni tashkil etgan.

Eng ko‘p ishsizlik darajasi Farg‘ona (10,0 foiz), Andijon (9,9 foiz), Surxondaryo (9,9 foiz) viloyatlarida, eng kami Toshkent (7,8 foiz) shahrida qayd etildi.

Mehnat resurslari soni 18,8 million kishini tashkil etdi, bu 2018-yilning birinchi choragiga nisbatan 0,1 foizga yoki 20 ming kishiga oshganini bildiradi.

Iqtisodiy faol aholi soni 14,6 million kishiga yetdi (0,4 foizga kamaygan), iqtisodiy nofaol aholi esa 4,2 million kishidan iborat (1,9 foizga ortgan).

Iqtisodiyotning rasmiy sektorida band bo‘lganlar 5,3 million kishini tashkil etgan (0,6 foizga tushgan), bunda dehqon xo‘jaliklarida band bo‘lgan shaxslar ko‘rsatkichi 69,4 foizga, yuridik shaxs bo‘lmagan tadbirkorlar ko‘rsatkichi 13,8 foizga ortgani, shu bilan birga, iqtisodiyot sohasida band bo‘lgan yuridik shaxslar ko‘rsatkichi 1,7 foizga kamaygani qayd etildi.

Uy xo‘jaliklarini tekshirish metodologiyasining takomillashuvi norasmiy sektorda band bo‘lganlarning yanada ishonchliroq ko‘rsatkichi — 7,9 million kishini (band bo‘lganlar umumiy sonidan 59,8 foiz) aniqlashga imkon berdi. Ulardan vaqtinchalik, bir martalik va mavsumiy ishlarda band bo‘lganlar 1,6 million, xorijga ishga ketganlar 2,6 million kishini tashkil etadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-10-2018, 10:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 67) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют