» » O‘zbekistonda ishsizlik darajasi 2018-yil yanvar—iyun oylarida 9,3 foizni tashkil etdi

O‘zbekistonda ishsizlik darajasi 2018-yil yanvar—iyun oylarida 9,3 foizni tashkil etdi


Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-dekabrdagi 1011-sonli qaroriga muvofiq, bu yildan mehnat resurslari, aholi bandligi va ishga joylashtirish balansini ishlab chiqish, bandlik masalasi bo‘yicha uy xo‘jaliklarini o‘rganish, shuningdek, ishga joylashtirishga ehtiyoj sezayotgan aholi sonini aniqlashni yangi metodika bo‘yicha amalga oshirmoqda. Bu haqda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

2018-yil iyul—avgust oylarida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tasarrufidagi Respublika aholi bandligi va mehnatni muhofaza qilish ilmiy markazi tomonidan respublikaning 62 shahar va tumanlarida 310 ta o‘zini o‘zi boshqarish organi, 3 100 ta uy xo‘jaligi va 16 425 nafar fuqaroni qamrab olgan keng ko‘lamli sotsiologik tekshiruv ishlari amalga oshirildi. Tekshiruvning to‘liq matni va metodikasi vazirlik saytida e’lon qilindi.

O‘tkazilgan tekshiruv natijalariga ko‘ra, iqtisodiy faol aholiga nisbatan ishsizlik darajasi 9,3 foizni tashkil etdi, bu joriy yilning I kvartaliga (9,7 foiz) nisbatan 0,4 foizga kamayganligini ko‘rsatadi. Eng ko‘p ishsizlik darajasi Farg‘ona (10,0 foiz), Andijon (9,9 foiz), Surxondaryo (9,9 foiz) viloyatlarida, eng kami Toshkent (7,8 foiz)shahrida qayd etildi.

Yoshlar (30 yoshgacha) o‘rtasidagi ishsizlik darajasi 15,9 foizni, ayollar o‘rtasida — 13,4 foizni tashkil etdi.

Shuni e’tiborga olish joizki, 2017-yilning xuddi shu davri bilan qiyoslaganda (5,2 foiz) ishsizlikning ortishi ishsizlar sonining keskin ko‘paygani bilan emas, balki band bo‘lmagan aholini hisobga oluvchi, ya’ni ishga joylashish ehtiyojidagi shaxslarni to‘liqroq hisoblash imkonini beruvchi metodologiyaning takomillashgani bilan bog‘liqdir.

Mehnat resurslari soni 18 792,2 ming kishini tashkil etdi, bu 2018-yilning I kvartalidagi ko‘rsatkichga nisbatan 0,1 foizga oshganini bildiradi. Iqtisodiy faol aholi soni 14 569,5 ming kishiga yetdi (0,4 foizga kamaygan), iqtisodiy nofaol aholi esa — 4 222,7 ming kishidan iborat (1,9 foizga ortgan).

Iqtisodiyot sohasida band bo‘lganlar soni 13 219,9 ming kishiga yetdi (0,2 foizga o‘sgan). Iqtisodiyotning rasmiy sektorida band bo‘lganlar 5 317,3 ming kishini tashkil etdi (0,6 foizga tushgan), bunda dehqon xo‘jaliklarida band bo‘lgan shaxslar ko‘rsatkichi – 69,4 foizga, yuridik shaxs bo‘lmagan tadbirkorlar ko‘rsatkichi – 13,8 foizga ortgani, shu bilan birga, iqtisodiyot sohasida band bo‘lgan yuridik shaxslar ko‘rsatkichi 1,7 foizga kamayganligi qayd etildi. Uy xo‘jaliklarini tekshirish metodologiyasining takomillashuvi norasmiy sektorda band bo‘lganlarning yanada ishonchliroq ko‘rsatkichi — 7 902,6 ming kishi (band bo‘lganlar umumiy sonidan 59,8 foiz)ni aniqlashga imkon berdi, ulardan vaqtinchalik bir martalik va mavsumiy ishlarda band bo‘lganlar – 1 632,5 ming kishini, shuningdek, xorijga ishga ketganlar — 2 644,1 ming kishini tashkil etadi.

2018-yil yanvar—iyun oylarida mehnat organlariga ishga joylashish bo‘yicha 345 134 kishi murojaat qilgan, ulardan – 119 792 nafari ishga joylashtirildi, 213 641 nafari jamoat ishlariga jalb qilindi, 8 553 nafari kasbiy qayta o‘qitishga yo‘naltirildi, 6 065 nafariga ishsizlik nafaqasi tayinlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-10-2018, 20:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 91) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют