» » Koreyalik mutaxassis O‘zbekiston bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining faxriy maslahatchisiga aylandi

Koreyalik mutaxassis O‘zbekiston bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining faxriy maslahatchisiga aylandi


11-yanvar kuni bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi binosida Koreya personalni rivojlantirish instituti prezidenti janob Kim Yon Sega vazirlikning faxriy maslahatchisi maqomini berish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Daryo”ga vazirlik matbuot xizmati ma’lum qildi.

Tantanali marosimda vazirning birinchi o‘rinbosari E. Muxitdinov chiqish qildi. U O‘zbekiston va Janubiy Koreya o‘rtasidagi hamkorlikning muhim yo‘nalishlaridan biri inson resurslarini rivojlantirish bilan bog‘liq loyihalarni amalga oshirish ekanligini ta’kidladi.

Bugungi kunga kelib Janubiy Koreya va O‘zbekiston o‘rtasida imzolangan ishchi migrantlarni bandlikka ko‘maklashish tizimi orqali Koreyaga jo‘natish borasidagi anglashuv memorandumini amalga oshirish ishlari davom ettirilmoqda. Memorandumni samarali amalga oshirilishi natijasida 2007-yildan bugungi kungacha O‘zbekistonning 27 mingdan ortiq fuqarosi Janubiy Koreyada mehnat faoliyatini amalga oshirdi. Ayni paytda u yerda 17 mingdan ortiq ishchilar mehnat qilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-01-2018, 00:54)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 69) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют