» » Hisob palatasi Prezident qarorlari bajarilishini nazorat qilishda Administratsiya va Bosh prokuratura bilan hamkorlik qiladi

Hisob palatasi Prezident qarorlari bajarilishini nazorat qilishda Administratsiya va Bosh prokuratura bilan hamkorlik qiladi


Prezident Shavkat Mirziyoyev “Davlat organlari va tashkilotlarida ijro intizomini yanada mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Hujjat matni O‘zA tomonidan keltirildi.

Hujjatda qayd etilishicha, ayrim vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan ijro intizomi nazoratini sifatli va samarali tashkil qilish, shuningdek, o‘z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlash bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar hanuzgacha talab darajasida yo‘lga qo‘yilmayapti.

Prezident qarorlari va topshiriqlariga rioya etish masalalarida mas’uliyatsizlik va rasmiyatchilik holatlari uchramoqda, jamoatchilik nazoratini tashkil etish uchun zarur sharoitlar yaratish borasidagi choralar samarasizligicha qolmoqda, ish yuritishning ichki jarayonlarini avtomatlashtirish bo‘yicha ta’sirchan choralar ko‘rilmayapti, shuningdek, ijro intizomiga konservativ-buyruqbozlik bilan yondashilishiga yo‘l qo‘yilmoqda.

Qarorga muvofiq:

2019- yil 1-yanvardan boshlab respublika va hududlar darajasidagi majlis va yig‘ilishlarni o‘tkazish, Prezident tomonidan o‘tkaziladigan yig‘ilishlar bundan mustasno, faqatgina “Ijro.gov.uz” tizimidagi majlislar va yig‘ilishlar maxsus markazlashgan ma’lumotlar bazasiga o‘tkazilayotgan tadbirning maqsadi, natijalari, ishtirokchilar tarkibi va davomiyligi ko‘rsatilgan qaydlar kiritilganidan so‘ng amalga oshiriladi;

Hisob palatasi Prezident qarorlari va topshiriqlarining to‘liq va o‘z vaqtida bajarilishini nazorat qilish borasida Prezident Administratsiyasi tuzilmalari va Bosh prokuratura bilan yaqindan hamkorlik qiladi;

Prezident qarorlari va topshiriqlarida belgilangan ijro muddatlari faqatgina Prezident ruxsati bilan Hisob palatasi bilan kelishilgandan so‘ng uzaytiriladi.

Vazirlar Mahkamasi Bosh prokuratura bilan birgalikda majlislar va yig‘ilishlarning “Ijro.gov.uz” tizimidagi markazlashgan ma’lumotlar bazasida qayd etilmagan holda o‘tkazilishiga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan tizimli nazoratni amalga oshiradi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-10-2018, 11:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 58) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют