» » O‘zbekiston kamondan otish federatsiyasiga yangi rais saylandi, u Tokio-2020 da medallar uchun kurashilishini aytdi

O‘zbekiston kamondan otish federatsiyasiga yangi rais saylandi, u Tokio-2020 da medallar uchun kurashilishini aytdi


Kecha, 5-oktabr kuni Toshkentda O‘zbekiston kamondan otish federatsiyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi MOQ matbuot xizmati.

Konferensiya davomida bungacha erishilgan yutuqlar, qo‘lga kiritilgan muvaffaqiyatlar uchun federatsiyaning avvalgi raisi Jamoliddin Boboxonovning xizmatlari qayd etilib, unga minnatdorchilik ramzi sifatida zarbop chopon kiydirildi. Shundan so‘ng Otabek Imomov nomzodi O‘zbekiston kamondan otish federatsiyasi raisi lavozimiga taklif qilindi. Konferensiya ishtirokchilari bir ovozdan ushbu nomzodni qo‘llab-quvvatlashi natijasida Otabek Imomov O‘zbekiston kamondan otish federatsiyasining raisi lavozimiga saylandi.

“Asosiy maqsadimiz davlatimiz rahbari tomonidan sport yo‘nalishi bo‘yicha qo‘yilgan vazifalarni bajarishdir. Kelajakda yangidan-yangi marralarni zabt etamiz. Nasib qilsa, Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlariga nafaqat litsenziya qo‘lga kiritamiz, balki medallar uchun ham harakat qilamiz”, – dedi federatsiyaning yangi raisi Otabek Imomov.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-10-2018, 19:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют