» » “Manchester Yunayted”dan superkambek! Mourinyo shogirdlari 2 ta gol farqi bilan ortda borib yakunda g‘alaba qozondi (video)

“Manchester Yunayted”dan superkambek! Mourinyo shogirdlari 2 ta gol farqi bilan ortda borib yakunda g‘alaba qozondi (video)


Bugun, 6-oktabr sanasida Angliya premyer ligasida 8-tur uchrashuvlari davom ettirildi.

Kecha turning dastlabki o‘yinida “Brayton” o‘z maydonida uchta o‘yindan beri mag‘lub bo‘lmay kelayotgan “Vest Hem”ni qabul qilib, 25-daqiqada Glen Marreyning kiritgan goli sabab uch ochkoni qo‘lga kiritdi.

Tur doirasida bugun 6 uchrashuv o‘tkazildi. Jumladan, “Tottenhem” o‘z uyida “Kardiff Siti”ni mehmon qilib, Erik Dayerning yagona goli evaziga g‘alaba qozondi.

“Lester” esa “Everton” bilan kurash olib borib, 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

“Kristal Pelas” “Vulverhempton”ni qabul qilib, 0:1 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. “Uotford” o‘z uyida “Bornmut”ga 0:4 hisobida yutqazib qo‘ydi. “Byornli” esa “Haddersfild” bilan 1:1 hisobida durangga rozi bo‘ldi.

Kunning so‘nggi o‘yinida Joze Mourinyo boshchiligidagi “Manchester Yunayted” o‘z uyida Rafael Benites boshliq “Nyukasl”ni qabul qilib, irodali 3:2 hisobida g‘alabaga erishdi. Uchrashuvdagi dastlabki 2 gol “Nyukasl” futbolchilar Kenedi hamda Muto tomonidan kiritildi. Benites shogirdlari birinchi bo‘limni 0:2 hisobidagi g‘alaba bilan yakunladi. Ikkinchi bo‘limning 70-daqiqasida Xuan Mata MYuning o‘yindagi birinchi golini urdi. Oradan 6-daqiqa o‘tib Antoni Marsyal hisobni tenglashtirdi. 90-daqiqada Aleksis Sanches gol kiritib, jamoasiga muhim g‘alabani taqdim etdi.

Angliya premyer ligasi

8-tur bellashuvlari

5-oktabr, juma

Gol: 1:0—25 Glen Marrey.

6-oktabr, shanba

Gol: 1:0 – 8 Dayer.

Gollar: 0:1 – 7 Risharlison, 1:1 – 40 Rikardu Pereyra, 1:2 – 77 Sigurdsson.

Gol: 0:1 – 56 Doerti.

Gollar: 0:1 – 14 Bruks, 0:2 – 33, penalti King, 0:3 – 45 King, 0:4 – 47 Uilson.

Gollar: 1:0 – 20 Vouks, 1:1 – 66 Shindler.

Gollar: 0:1 – 7 Kenedi, 0:2 – 10 Muto, 1:2 – 70 Mata, 2:2 – 76 Marsyal, 3:2 – 90 Sanches.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-10-2018, 23:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют