» » Surxondaryoda shamoldan elektr energiya ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi

Surxondaryoda shamoldan elektr energiya ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi


Shamol resurslaridan arzon elektr energiyasini olish mumkin. Shu bois Surxondaryo viloyatida aholi hamda sanoat ishlab chiqarishni arzon energiya bilan ta’minlash maqsadida shamol energetikasini rivojlantirish bo‘yicha yirik loyihalarni qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu haqda “Daryo”ga Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Viloyat hokimi Bahodir Po‘latov hamda Turkiyaning Etka Co EnerjiA? hamda Toshkentdagi Shams ilmiy markazi vakillari Zulfiqor Ustungar va Zafar Shermatov o‘rtasida o‘tkazilgan muloqotda ushbu kompaniya tomonidan Boysun tumanida 600 mVt elektr energiyasi ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘ladigan shamol energiyasini ishlab chiqarish loyihasi haqida so‘z yuritildi.

Muloqotda Etka Co Enerji A? kompaniyasi Shams ilmiy markazi bilan hamkorlikda Boysun tumanining dengiz sathidan 1500-1700 metr balandlikda joylashgan tog‘li hududida shamol elektr stansiyasini qurish va muqobil elektr energiya ishlab chiqarish uchun umumiy qiymati 5 mlrd. 190 mln. AQSh dollari miqdorida to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya kiritish, shamol energiyasi uskunalari va jihozlarini o‘rnatish, loyiha ishga tushgach ishlab chiqarilgan elektr energiyani hozirgidan 10 foiz arzonlashtirilgan holda sotish, shuningdek, loyihani amalga oshirish bilan bog‘liq boshqa tashkiliy masalalar kelishib olindi.

Ushbu yirik loyihani 2020-yilgacha foydalanishga topshirish rejalashtirilayotgan bo‘lib, buning natijasida Boysun va Sherobod tumanlaridagi iste’molchilarni muqobil elektr energiyasi bilan uzluksiz ta’minlash sifati yanada oshadi.

100 dan ortiq yangi ish o‘rni yaratiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-10-2018, 13:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 51) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют