» » Jizzaxlik yoshlar uchun harbiy qism bo‘ylab ekskursiya uyushtirildi (foto)

Jizzaxlik yoshlar uchun harbiy qism bo‘ylab ekskursiya uyushtirildi (foto)


Jizzax viloyatida joylashgan bir qator umumta’lim maktablarining o‘quvchi yoshlari hamda Baxmal tumanida joylashgan Pedagogika kolleji talabalari uchun viloyatdagi harbiy qismlardan biriga ekskursiya uyushtirildi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

O‘zbekiston Prezidentining 4-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilarining ma’naviy-ma’rifiy saviyasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarorining mazmun-mohiyatini barchaga yetkazish maqsadida o‘tkazilgan ushbu tadbirda 300 nafardan ortiq o‘quvchi va talabalar ishtirok etdi.

Harbiy qismga tashrif buyurganlar uchun o‘qotar qurollardan foydalanish tartibi, muhandislar va tog‘ tayyorgarligi bo‘yicha ko‘rgazmali chiqishlar uyushtirildi. Harbiy texnikalar, ayniqsa, o‘qotar qurollar namoyishi esa barchaga birdek manzur bo‘ldi.

Tadbir yakunida o‘quvchi yoshlar hamda harbiy xizmatchilar o‘rtasida futbol musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Xayrlashuv chog‘ida barchaga turli badiiy kitoblar va esdalik sovg‘alari topshirildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-10-2018, 16:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 39) ( 0) ( 38) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют