» » Shavkat Mirziyoyev BBC o‘zbek xizmatining O‘zbekistonga kirishiga ruxsat bo‘lishini aytdi (video)

Shavkat Mirziyoyev BBC o‘zbek xizmatining O‘zbekistonga kirishiga ruxsat bo‘lishini aytdi (video)


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Fransiyaga tashrifi chog‘ida BBC’ga O‘zbekistonda faoliyat yuritishiga ruxsat berilishini aytdi. Bu haqda Turon 24 xabar berdi.

Parij shahrida BBC o‘zbek xizmati muxbiri Ibrat Safo prezidentga savol bilan murojaat qildi: “BBC’ga O‘zbekistonga kirishga ruxsat bo‘ladimi?” UNЕSCO bosh direktori Odri Azele bilan uchrashuvdan qaytayotgan Shavkat Mirziyoyev ushbu savolga tabassum bilan javob berdi: “Albatta, bo‘ladi, kelinglar”.

Ma’lumot uchun: BBC o‘zbek xizmati 2005-yilda – Andijon voqealaridan keyin O‘zbekistonni tark etgan edi. Shavkat Mirziyoyev Prezident etib saylangach, ushbu OAV O‘zbekistonda akkreditatsiyadan o‘tish uchun harakatni boshlagan, ammo bir yildan beri bunga erisholmagan.

Prezident Mirziyoyev: “BBC O’zbekistonga kirishiga, albatta, ruxsat bo’ladi” Ibrat Safo Parijda Prezident Mirziyoyevdan bir savol so’rash imkonini topdi.

Geplaatst door BBC Uzbek op Maandag 8 oktober 2018



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-10-2018, 12:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 93) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют