» » Pavel Mamayev va Aleksandr Kokorin Moskvada amaldorni do‘pposladi (video+tafsilot)

Pavel Mamayev va Aleksandr Kokorin Moskvada amaldorni do‘pposladi (video+tafsilot)


Kecha, 8-oktabr sanasida “Krasnodar” jamoasi yarim himoyachisi Pavel Mamayev hamda “Zenit” hujumchisi Aleksandr Kokorin Moskvadagi qahvaxonalardan birida katta janjal uyushtirdi. Bu haqda Meduza nashri tafsilotlarni ma’lum qildi.

7-oktabr, yakshanba kuni “Krasnodar” klubi “Zenit” maydoniga safar qildi. Uchrashuvda 2:1 hisobida “Zenit” g‘alaba qozondi. Mehmonlar tarkibida Pavel Mamayev to‘liq harakat qilib, jamoasining o‘yindagi yagona javob golini kiritishga erishdi. Aleksandr Kokorin esa zaxiradan maydonga tushirildi.

O‘yindan so‘ng ikkala futbolchi do‘stligining 10 yilligini nishonlash uchun Moskvaga jo‘nab ketadi. Kechasi esa ular tungi klubga borib, tonggacha ko‘ngilxushlik qiladi. Kecha, 8-oktabr tongida futbolchilar tungi klubdan chiqib, avtoturargohdagi mashinalarni tepadi. Voqea joyida bo‘lgan Rossiyaning “Perviy kanal” boshlovchilaridan birining haydovchisi ulardan bunday qilmaslikni so‘raydi.Bundan g‘azablangan futbolchilar haydovchini kaltaklaydi.

Oradan Ikki soat o‘tib Mamayev hamda Kokorin do‘stlari bilan nonushta qilish uchun shahardagi qahvaxonalardan biriga yo‘l oladi. Ular qahvaxonada shovqin ko‘tarishadi. Ulardan Savdo-sanoat vazirligi amaldori bo‘lgan Denis Pak shovqinni bas qilishni so‘raydi. G‘azab otiga mingan “sportchilar” esa uni ham kaltaklab ketadi. Hattoki amaldorga stul ham uloqtiriladi. Hozirda Moskva politsiyasi mazkur holat bo‘yicha jinoiy ish ochib, tekshiruv olib bormoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-10-2018, 18:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 117) ( 0) ( 115) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют