» » Germaniya Bundesligasi vakillari noyabrda Toshkentga keladi

Germaniya Bundesligasi vakillari noyabrda Toshkentga keladi


Joriy yilning 24—25-sentabr kunlari Ispaniyaning Madrid shahrida Butunjahon futbol sammiti bo‘lib o‘tgani va unda O‘zbekiston Professional futbol ligasi Bosh direktori Omon G‘ofurov boshchiligidagi delegatsiya ishtirok etgani haqida avvalroq xabar berilgandi.

Jumladan, tadbirda PFL Yevropaning Top-5 chempionatlari qatoriga kiruvchi Germaniya Bundesligasining xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i Bernd Vilms bilan muzokara o‘tkazilgandi. Muzokara doirasida O‘zbekiston Professional futbol ligasi hamda Bundesliga o‘rtasida bir qancha yo‘nalishlar (muxlislar bilan ishlash, futbol akademiyalari, o‘rtoqlik o‘yinlari) bo‘yicha hamkorlik qilish uchun memorandum imzolashga kelishib olingandi. Ushbu masala bo‘yicha Bundesliga vakillari noyabr oyida Toshkentga keladigan bo‘ldi.

O‘zbekiston Professional futbol ligasi Bundesliga tajribasini o‘rganib, O‘zbekistonda futbol ishqibozlarining milliy chempionatga qiziqishlarini orttirish, Superliga uchrashuvlariga yanada ko‘proq muxlislar tashrif buyurishini ta’minlash bo‘yicha ish olib boradi.

Bundesliga vakillari Germaniyada muxlislar bilan ishlashda asosan qanday jihatlarga e’tibor qaratishi, o‘yinlarga muxlislar tashrifini ko‘paytirish bo‘yicha qanday dasturlar amalga oshirilishi, Bundesliga o‘yinlari vaqtida stadionlar doimo to‘la bo‘lishini ta’minlash bo‘yicha qanday chora-tadbirlar ko‘rilishi borasida batafsil ma’lumot berishadi va o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashib, nemis tajribasini O‘zbekistonda tatbiq etishda o‘z tavsiyalarini beradi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-10-2018, 12:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют