» » O‘zbekiston U17 terma jamoasi Shotlandiya termasi bilan durang qayd etdi

O‘zbekiston U17 terma jamoasi Shotlandiya termasi bilan durang qayd etdi


Bugun, 10-oktabr kuni Ispaniyada bo‘lib turgan Otabek G‘ulomxo‘jayev boshchiligidagi O‘zbekiston U17 terma jamoasi xalqaro musobaqa doirasida Shotlandiya U18 termasiga qarshi kurash olib borishi haqida avvalroq xabar berilgandi.

Biroz oldin uchrashuv mazkur bellashuv yakuniga yetdi. Uchrashuvning 32-daqiqasida Shotlandiya terma jamoasi futbolchisi Etan Jeyms hisobni ochdi. 58-daqiqada Shotlandiya darvozasiga belgilangan penaltini aniq bajargan Jasur Jaloliddinov hisobni tenglashtirdi. O‘yin oxiriga qadar ushbu hisob o‘zgarmay qoldi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston termasi keyingi o‘yinni 13-oktabr kuni Belgiyaga qarshi o‘tkazishsa, so‘nggi o‘yin 15-oktabr kuni Fransiyaga qarshi bo‘lib o‘tadi.

10-oktabr, chorshanba

Gollar: 1:0—32 Etan Jeyms, 1:1— 58 penalti Jasur Jaloliddinov.

O‘zbekiston U17: Abduvoxid Ne’matov, Ulug‘bek Xoshimov, Xojimat Erkinov, Odil Abdumajidov, Bexzod Shamsiyev, Sunnatillo Hamidjonov, Ibrohim Xalil Yo‘ldoshev, Eldor Begimov, Ibroxim Ibragimov, Jasur Jaloliddinov, Diyor Ramazonov.

Shotlandiya U18: Ross Endryu Sinkleyr, Natan Patterson, Din Kempbell, Lyuk Robinson, Teylor Uilson, Mark Leonard, Etan Erxaxon, Entoni MakDonalds, Eidan Fitspatrik, Jeymi Sempl, Etan Jeyms.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-10-2018, 19:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 78) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют