» » Fransiyaning Veolia kompaniyasi 25 yil davomida Toshkentda suv tozalash tizimini boshqaradi

Fransiyaning Veolia kompaniyasi 25 yil davomida Toshkentda suv tozalash tizimini boshqaradi


O‘zbekiston va Fransiyaning Veolia Environnement kompaniyasi Toshkentda ichimlik suvini ishlab chiqarish va taqsimlash, shuningdek, oqova suvlarni tozalashni modernizatsiya qilish to‘g‘risidagi bitimni imzoladi. Hujjat Prezident Shavkat Mirziyoyevning Fransiyaga rasmiy tashrifi doirasida imzolandi, deya xabar beradi “Gazeta.uz”.

Kompaniyaning ma’lum qilishicha, Veolia va O‘zbekiston 2019-yilning birinchi yarmida kuchga kiruvchi ichimlik suvi ta’minoti va sanitariyasi masalalari bo‘yicha affermaj shartnomasi tafsilotlarini birgalikda muhokama qiladi. Jami aylama 1,5 milliard yevroni tashkil etadi.

Affermaj shartnomasi odatda kommunal infratuzilma obyektlaridan (masalan, energiya va suv ta’minoti) foydalanish uchun tuziladi. Bunda ko‘rsatilgan xizmatlar uchun javobgarlik davlat emas, balki to‘lovlarni olayotgan kompaniya zimmasida bo‘ladi va u qurilmalardan foydalanish bilan bog‘liq xavflar uchun javob beradi.

Fransuz kompaniyasi 25 yil davomida suv quvurlari va suv tozalash inshootlarini boshqarish huquqini qo‘lga kiritib, suv ta’minoti tarmoqlarini rivojlantirish va yaxshilash, Toshkent suv quvurlari tarmoqlarini modernizatsiya qilishga kiritilayotgan investitsiyalar monitoringi bilan shug‘ullanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-10-2018, 21:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют