» » Mudofaa qurilishi va Qurolli Kuchlarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi

Mudofaa qurilishi va Qurolli Kuchlarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 10-oktabr kuni mudofaa qurilishi va O‘zbekiston Qurolli Kuchlarini rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan xizmat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Yig‘ilishda qo‘shinlarning jangovar shayligi va jangovar qobiliyatini yanada oshirish, ularni zamonaviy qurol-yarog‘ va harbiy texnika bilan ta’minlash, mavjud qurol-yarog‘ namunalarini modernizatsiya qilish, mintaqa va dunyo mamlakatlari bilan harbiy va harbiy-texnik hamkorlikni faollashtirish, harbiy shaharchalar infratuzilma obyektlarini, qo‘shinlarning texnik va front orti ta’minoti tizimlarini rivojlantirish, shuningdek, harbiy xizmatchilar, ularning oila a’zolari va Qurolli Kuchlar faxriylarini ijtimoiy muhofaza qilish masalalari muhokama qilindi.

Harbiy okrug qo‘mondonliklarining harbiy-ma’muriy sektorlar rahbariyati bilan yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, qo‘shinlarning kundalik samarali faoliyatini tashkil etishda qo‘shilma va qismlar komandirlariga ko‘maklashish, harbiy xizmatchilarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish borasidagi hamkorlik faoliyatining oraliq yakunlari ham ko‘rib chiqildi.

Mudofaa vazirligi mas’ul mansabdor shaxslarining qo‘shinlarning samarali jangovar va ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarligini oshirish, boshqaruv organlari, birlashmalar, qo‘shilma va qismlar, oliy harbiy ta’lim muassasalari, shuningdek, mahalliy harbiy boshqaruv organlari tomonidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi ma’ruzalari tinglandi.

Xizmat yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha Prezident tomonidan Qurolli Kuchlar faoliyatini yanada takomillashtirish va umuman mamlakat mudofaa qobiliyatini yuksaltirishning ustuvor yo‘nalish va vazifalari belgilab berildi. Qurolli Kuchlarni yanada isloh qilish bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-10-2018, 21:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 36) ( 0) ( 34) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют