» » O‘zbekistonda yod tanqisligini davolovchi dori vositasi yaratildi

O‘zbekistonda yod tanqisligini davolovchi dori vositasi yaratildi


O‘zbekistonda yod tanqisligini davolovchi dori vositasi yaratildi. Uni Toshkent farmatsevtika institutining 5-bosqich talabasi Sunnatullo Fazliyev ixtiro qildi, deya xabar beradi O‘zA.

Birinchi bosqichdan buyon ustozlar ko‘magida ishlab birinchi mahalliy preparatni yaratdik. U arzon va samarador. Eng muhimi, 90 foiz mahalliy xomashyodan olinadi. Agarda xorijdan kirib kelayotgan bunday dorilar 20-30 ming so‘m bo‘lsa, yangi dorining narxi 12-13 ming so‘m oralig‘ida bo‘ladi. Bunda kerakli moddalar “mehmon-mezbon” usulida birlashtirilgan. Inson tanasi uchun ortiqcha bo‘lgan yod moddasi boshqa moddalar bila birlashib, noxush holatlarni keltirib chiqarmaydi. Balki, keraklisi tanada qolib, ortiqchasi chiqib ketadi.

Ayni vaqtda ixtiro Dori vositalari va tibbiy texnika sifatini nazorat qilish bosh boshqarmasiga ko‘rib chiqish va tibbiyot amaliyotiga ruxsat olish uchun taqdim etilgan.

Qayd etish joizki, Sunnatullo Fazliyev bu dori vositasini birdaniga yaratgani yo‘q. Bunga qadar u bir qator bosqichlarni bosib o‘tdi. Eng avval xalqaro Mendeleyev olimpiadasining g‘olibi sifatida o‘qishga imtihonsiz qabul qilindi. Dastlab ilmiy ishlarini mahalliy xomashyo asosida gemostatik ta’sirga ega “Lagoden” dori vositasini olish texnologiyasini ishlab chiqishdan boshladi va ilk bor “Lagoden” gelini olishga erishdi.

O‘tgan yili hammualliflikda o‘rta hamda o‘rta-maxsus ta’lim tizimida tahsil olayotgan o‘quvchilarga mo‘ljallangan “Kimyo. Tez va oson o‘rganish” nomli kitob chop etildi. Joriy yilda “Kimyodan olimpiada masalalari” nomli kitobi bosmadan chiqdi.

Yosh ixtirochi Xalqaro sud toksikologlari hamda Dorilarning terapevtik monitoringgi va klinik toksikologiya xalqaro assotsiatsiyalari a’zosi hisoblanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-10-2018, 22:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 110) ( 0) ( 109) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют