» » Dori vositalari tarkibida saratonga olib keluvchi modda aniqlandi

Dori vositalari tarkibida saratonga olib keluvchi modda aniqlandi


Daniya tibbiyot markazi tadqiqotchilari gipertoniyani (arterial qon bosimining oshishi) davolovchi dori vositalari tarkibida uchraydigan valsartan moddasining inson salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini aniqladi. Bu haqda medikforum.ru yozmoqda.

Tarkibida valsartan bo‘lgan dori vositalari Zhejiang Huahai Pharmaceuticals farmakologik kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan. Ishlab chiqaruvchi tomonidan mazkur moddani tozalash jarayoni bilan bog‘liq qoidalar buzilgan.

“Gipertoniyani davolovchi dori vositalari tarkibiga kiruvchi valsartan moddasi saraton o‘simtalarini keltirib chiqaradi”, — deya daniyalik olimlar xulosa qilgan.

Tadqiqotchilarning fikricha, bunday dori vositalarini uzoq vaqt davomida qabul qilgan kishilarda sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar vujudga kelishi mumkin.

Yevropa Ittifoqida tarkibida valsartan bo‘lgan dori vositalarini butunlay taqiqlash masalasi o‘rganilmoqda. Qarorning qabul qilinishini to‘xtatib turgan omil daniyalik olimlarning o‘z tajribalarini hayvonlar ustida olib borgani bilan bog‘liq.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-07-2018, 10:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 110) ( 0) ( 108) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют