» » Rossiya aeroportida O‘zbekistondan keltirilgan sut va go‘sht mahsulotlari yoqib yuborildi

Rossiya aeroportida O‘zbekistondan keltirilgan sut va go‘sht mahsulotlari yoqib yuborildi


Voronej viloyati bo‘yicha Rossiya veterinar va fitosanitar nazorat federal xizmati (Rosselxoznadzor) boshqarmasi “Aeroport-Voronej” xalqaro o‘tkazish punktida chegara veterinar nazoratini amalga oshirish chog‘ida O‘zbekistondan keltirilgan va veterinar ilova hujjati bo‘lmagan nosanoat ishlab chiqarilgan hayvon mahsulotlarini ushlab qoldi, deb yozadi “Podrobno.uz”.

Toshkent—Voronej reysi davlat inspektorlari tomonidan tekshirilishi chog‘ida O‘zbekiston fuqarolari olib kirish taqiqlangan sut va go‘sht mahsulotlarini ixtiyoriy ravishda topshirdi.

Bunday mahsulotlarni yashirib olib kirishga uringan fuqarolarga nisbatan esa hayvonlar karantini qoidalarini yoki boshqa veterinar-sanitar qoidalarni buzganlik uchun bayonnoma tuzildi.

Barcha mahsulotlar aeroport xizmati tomonidan yoqib yuborish yo‘li bilan yo‘q qilindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-10-2018, 08:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 35) ( 0) ( 34) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют