» » O‘zbekistondan yuborilgan 23 tonna gilos va 17 tonna o‘rik Rossiya hududiga kiritilmadi

O‘zbekistondan yuborilgan 23 tonna gilos va 17 tonna o‘rik Rossiya hududiga kiritilmadi


Rossiya veterinar va fitosanitar nazorat bo‘yicha federal xizmati (“Rosselxoznadzor”)ning Novosibirsk viloyati bo‘yicha boshqarmasi inspektorlari “Karasuk” fitosanitar nazorat postida umumiy og‘irligi 170 tonnaga teng karantin ostidagi mahsulotlarni ushlab qoldi. Bu haqda “Rosselxoznadzor” matbuot xizmati xabar berdi.

Yuqori fitosanitar xavfga ega mahsulotlar partiyalari Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston hududidan Novosibirsk, Novokuznetsk va Krasnoyarsk bozorlarida sotish uchun avtomobil transportida olib ketilayotgan edi.

Ular orasida O‘zbekistonning 23 tonna gilosi va 17 tonna o‘rigi bo‘lib, yuk markirovkasidagi axborot fitosanitariya hujjatidagi ma’lumot bilan muvofiq bo‘lmagan.

Yuklarning barchasi jo‘natuvchilarga qaytarib yuborildi, aybdor shaxslar esa ma’muriy javobgarlikka tortildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-05-2018, 09:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 53) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют