» » Tojikistonda eng yaxshi kitoblar ro‘yxatining birinchi uchligini Emomali Rahmonning asarlari egalladi

Tojikistonda eng yaxshi kitoblar ro‘yxatining birinchi uchligini Emomali Rahmonning asarlari egalladi


Tojikistonda mahalliy va chet ellik yozuvchilarning har bir tojikistonlik o‘qib chiqishi kerak bo‘lgan 50 ta eng yaxshi kitoblari ro‘yxati tuzildi, deb yozadi Asia-Plus.

Ro‘yxatning birinchi uchta pog‘onasini mamlakat prezidenti Emomali Rahmonning kitoblari band etdi. Xususan, tojik xalqi va davlatining shakllanishiga ilmiy, davlatchilik va diniy jihatdan eng ko‘p hissa qo‘shgan taniqli tarixiy shaxslar haqidagi “Chexraxoi mondagor” kitobi ro‘yxatda birinchi bo‘lib turibdi.

Emomali Rahmonning “Tojiklar tarix ko‘zgusida. Oriylardan Somoniylargacha” deb nomlanuvchi to‘rt jildli kitobi — ikkinchi o‘rinda. Uchinchilikni esa uning tojik tili haqidagi “Zaboni millat — xastii millat” kitobi egalladi.

Shuningdek, birinchi o‘nlikdan Abulqosim Firdavsiyning “Shohnoma”, Jaloliddin Rumiyning “Ma’naviy Masnaviy”, Abdurahmon Jomiyning “Bahoriston” asarlari hamda Sa’di Sheroziyning asarlari o‘rin oldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-10-2018, 08:57)
-1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 83) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют