» » Buyuk Britaniyada yashovchi o‘zbekistonlik “O‘zbektelekom” Kuzatuv kengashiga kirdi

Buyuk Britaniyada yashovchi o‘zbekistonlik “O‘zbektelekom” Kuzatuv kengashiga kirdi


Buyuk Britaniyada yashab kelayotgan o‘zbekistonlik Zafar Zohidov “O‘zbektelekom” Kuzatuv kengashiga kirdi, u (kengash) kompaniya faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi. Bu haqda Spot xabar bermoqda.

Zafar Zohidov Londonda portfelli investitsiyalar, korporativ moliya va bank ishi bo‘yicha 17 yillik tajriba orttirgan. Buyuk Kelajak ekspertlar kengashi a’zosi.

Farg‘ona davlat universitetining iqtisodiyot va ishlab chiqarishni boshqarish fakultetini bitirgan. Buyuk Britaniyadagi Reding universitetida Xalqaro qimmatli qog‘ozlar, investitsiyalar va bank ishi bo‘yicha magistraturani tamomlagan.

Black River Asset Management, Thames River Capital, Deutsche Bank London, Yevropa Tiklanish va taraqqiyot bankida ishlagan. 2016-yildan buyon Londondagi The Abraaj Group investitsiya kompaniyasining kredit jamoasida direktor va katta portfel menejeri bo‘lib ishlaydi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-10-2018, 09:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 63) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют