» » Samarqandda 5 kunlik oylik ish haqidan noto‘g‘ri ushlab qolgan kollej kassiriga intizomiy jazo qo‘llanildi

Samarqandda 5 kunlik oylik ish haqidan noto‘g‘ri ushlab qolgan kollej kassiriga intizomiy jazo qo‘llanildi


Samarqand viloyati Paxtachi tuman adliya bo‘limiga fuqaro Dilorom Abdullayeva ariza bilan murojaat qilib, Paxtachi tuman Qurilish kommmunal xo‘jalik kasb hunar kollejida ishlashi, avgust oyida ishlagan 5 kunlik oylik ish haqidan kollej kassiri noto‘g‘ri ushlab qolganligi bayon qilgan, deb xabar beradi “Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayev.

Arizani o‘rganish davomida aniqlangan holatlar yuzasidan 2018-yil 13-sentabr kuni 1-15/257-sonli taqdimnoma kiritilib, taqdimnomaga asosan ikki nafar xodimga nisbatan intizomiy jazo qo‘llanildi.

Tumandagi “Dobusqal’a” MFYda yashovchi fuqaro Gulsara Samiyeva farzandlari Asilbek Arinov va Muhammadali Arinovlarni tug‘ilganlik faktini belgilashda sudga da’vo ariza kiritishda yordam so‘ragan. Ariza asosida 2018-yil 5-sentabr kuni FID Kattaqo‘rg‘on tumanlararo sudiga da’vo arizalar kiritilib, da’vo arizalar sud tomonidan qanoatlantirildi.

Shuningdek, Nurobod tuman adliya bo‘limiga tumanning eng olis hududlaridan biri “Sahoba” MFY, “Jiydali” qishlog‘ida yashovchi fuqaro Sh.Toshniyozov murojaat qilib, “Sahoba” MChJdan noqonuniy ishdan bo‘shatilganligini bayon qilgan. Arizachi 2016-yilda noqonuniy ishdan bo‘shatilganligi sababli, 2 yil davomida bir nechta tashkilotlarga murojaat qilgan, ammo ijobiy natija bermagan. Nurobod tuman adliya bo‘limining aralashuvi natijasida Sh.Toshniyozov ishga tiklandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-10-2018, 14:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 70) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют