» » Jayhunbek Nazarov o‘smirlar Olimpiya o‘yinlarida oltin medalga ega chiqdi

Jayhunbek Nazarov o‘smirlar Olimpiya o‘yinlarida oltin medalga ega chiqdi


Bugun, 11-oktabr sanasida ham Buenos-Ayres shahrida III yozgi Olimpiya o‘yinlari davom etmoqda. Musobaqaning to‘rtinchi kuniga kelib O‘zbekiston terma jamoasi sportchisi dastlabki oltin medalni qo‘lga kiritdi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati.

Dzyudo bo‘yicha miks bahslarida Jayhunbek Nazarov Xorvatiya, Belarus, Italiya, Meksika, Venesuela va Xitoy Taypeyi vakillari bilan bitta jamoada harakat qildi. “Beijing” jamoasi nomidan ishtirok etgan dzyudochilar finalgacha yetib borib, g‘alaba qozondi. Shu tariqa ushbu mamlakat sportchilari oltin medalga sazovor bo‘ldi.

Nazarov finalda ispaniyalik Xaviyer Penani mag‘lub etdi. U yakkalik bahslarida chorak finalda aynan unga imkoniyatni boy bergandi. Shu tariqa Jayhunbek miks bahslarida o‘ziga xos revansh oldi.

Ma’lumot uchun, bungacha O‘zbekiston terma jamoasi safida Ulug‘bek Rashitov (taekvondo, kumush) va Nilufar Yermagambetova (dzyudo, bronza) terma jamoamiz hisobiga medallar qo‘shib qo‘yishgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-10-2018, 14:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 71) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют