» » Vladimir Putin O‘zbekistonning yangi elchisidan ishonch yorlig‘ini qabul qilib oldi

Vladimir Putin O‘zbekistonning yangi elchisidan ishonch yorlig‘ini qabul qilib oldi


11-oktabr kuni Kreml saroyida Rossiya prezidenti Vladimir Putin yangi tayinlangan elchilardan ishonch yorliqlarini qabul qilib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda, Kreml matbuot xizmatiga asoslanib, “Xalq so‘zi” xabar berdi.

Aytilishicha, marosimda Norvegiya, Ispaniya, Daniya, Tailand kabi jami 23 davlatning yangi elchilari qabul qilingan. Ularning ichida O‘zbekistonning Rossiyadagi favqulodda va muxtor elchisi sifatida yangi tayinlangan Botirjon Asadov ham bo‘lgan.

Botirjon Asadov 2018-yilning fevralidan buyon O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilovning birinchi o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritib kelayotgandi. U turli yillarda O‘zbekistonning Koreya Respublikasidagi va Xitoydagi elchixonasi maslahatchisi hamda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi o‘rinbosari sifatida ishlagan.

O‘zbekistonning Rossiyadagi avvalgi elchisi Bahrom Ashrafxonov sentabr oyida Alisher Sultonov o‘rniga “O‘zbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi lavozimiga tayinlangandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-10-2018, 18:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 87) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют