» » “Tashabbus-2018” ko‘rik-tanlovining Jizzax viloyati bosqichi yakunlandi

“Tashabbus-2018” ko‘rik-tanlovining Jizzax viloyati bosqichi yakunlandi


O‘zbekiston Prezidenti sovrini uchun o‘tkazilayotgan “Tashabbus” ko‘rik-tanlovining Jizzax viloyati bosqichi yakunlandi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Tanlovning shahar va tuman bosqichlarida 560 dan ziyod tadbirkor, fermer va hunarmand qatnashib, ulardan 60 nafari g‘olib sifatida viloyat bosqichida ishtirok etdi. Yunus Rajabiy nomidagi Jizzax viloyati musiqali drama teatrida o‘tkazilgan tadbir doirasida tashkil etilgan ko‘rgazma ham hududda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar turi ko‘payib, sifati yaxshilanayotganini namoyish etdi.

Viloyatda islohotlar natijasida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish keng yo‘lga qo‘yilayotgani, fermerlar faqat dehqonchilik bilan emas, balki o‘zlari yetishtirayotgan mahsulotlarni qayta ishlayotgani, milliy hunarmandchilik yildan-yilga rivojlanib borayotgani ta’kidlandi.

Hakamlar hay’ati tadbirkorlarning faoliyatini baholashda ishlab chiqarish ko‘rsatkichi, mahsulot sifati, raqobatbardoshligi va eksportga mosligiga ham alohida e’tibor qaratdi. Sanoat sohasida Forish tumanidagi “Mega invest industrial” mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi O‘zbekiston—Buyuk Britaniya qo‘shma korxonasi rahbari Yorqin Tilabov, xizmat ko‘rsatish yo‘nalishida Zomin tumanidagi “Azim Zomin shifo” MChJ rahbari Oybek Mamatqulov “Yilning eng yaxshi tadbirkori”, Jizzax shahridagi Luxury Furniture Business” MChJ rahbari Dilshod Husanov “Yilning eng yaxshi yosh tadbirkori”, G‘allaorol tumanidan Barno Narzullayeva “Yilning eng yaxshi hunarmandi”, Do‘stlik tumanidagi “Mirzo Mahmud MMM” fermer xo‘jaligi rahbari Mirzamahmud Bo‘tayev “Yilning eng yaxshi fermeri”, deb topildi va tanlovning respublika bosqichiga yo‘llanma oldi.

Tanlov yakunida “Yoshlarga eng ko‘p ish o‘rni yaratgan tadbirkor”, “Eng yaxshi tadbirkor ayol”, “Eng yaxshi innovatsion loyihachi”, “Eng yaxshi eksportchi”, “Eng yaxshi oilaviy biznes sohibi”, “Yilning eng yaxshi mahsuloti” va “Eng mas’ulyatli ijtimoiy sherik” nominatsiyalari bo‘yicha ham g‘oliblar aniqlanib, faxriy yorliq va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-10-2018, 22:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 110) ( 0) ( 109) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют