» » O‘zbekiston Ozarbayjon va Belarus bilan harbiy hamkorlik bo‘yicha kelishib oldi

O‘zbekiston Ozarbayjon va Belarus bilan harbiy hamkorlik bo‘yicha kelishib oldi


11-oktabr kuni Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasining anjumanlar zalida O‘zbekiston mudofaa vaziri Abdusalom Azizov Armaniston, Ozarbayjon va Belarus respublikalarining mudofaa idoralari rahbarlari bilan alohida, ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Uchrashuv davomida tomonlar mudofaa va harbiy ta’lim sohasida hozirgi kunda olib borilayotgan hamkorlik hamda uning istiqbollariga oid masalalarni muhokama qildi, harbiy texnika yo‘nalishida o‘zaro manfaatli aloqalarni mustahkamlash borasida fikr almashdilar.

Ozarbayjon va Belarus respublikalarining mudofaa vazirlari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuv yakunida 2019-yil davomida O‘zbekiston mudofaa vazirligi bilan harbiy hamkorlik to‘g‘risidagi ikki tomonlama rejalar imzolandi.

O‘zbekiston va Belarus respublikalarining Mudofaa vazirliklari o‘rtasidagi ikki tomonlama harbiy hamkorlik rejasidan O‘zbekiston Mudofaa vazirligi rahbariyatining Belarusga rasmiy tashriflari, kelgusida ham harbiy topografiya, geodeziya, kartografiya va navigatsiya sohalarida hamkorlikni davom ettirish, ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash masalalari o‘rin olgan. Shuningdek, O‘zbekiston hududida Belarus bilan qo‘shma mashg‘ulotlarini o‘tkazish rejalashtirilgan.

O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasida harbiy ta’lim sohasida tajriba almashishga yo‘naltirilgan tadbirlarni o‘tkazish rejalashtirilgan. Bundan tashqari rejaga ko‘ra, o‘zbekistonlik harbiy mutaxassislar Ozarbayjonda o‘tkaziladigan xalqaro musobaqalarda kuzatuvchi sifatida ishtirok etishi ta’kidlangan.

Eslatib o‘tamiz, 12-oktabr kuni O‘zbekiston xalqaro forumlar saroyida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo mamlakatlar Mudofaa vazirlari kengashining 75-majlisi bo‘lib o‘tadi.

Unda Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston va O‘zbekiston mudofaa idoralarining rahbarlari ishtirok etadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-10-2018, 08:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 99) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют