» » Qozog‘istonlik jurnalistlar O‘zbekistonga xomashyo eksportidan xavotir bildirdi

Qozog‘istonlik jurnalistlar O‘zbekistonga xomashyo eksportidan xavotir bildirdi


Qozog‘iston O‘zbekistonga xomashyolarni, asosan, tirik ko‘rinishda eksport qilmoqda. Masalan, yaqinda Qarag‘andi buqalari birinchi marta O‘zbekistonga eksportga jo‘natildi, deb yozadi Spot Qozog‘istonning “Xabar” agentligiga tayanib.

Qozog‘iston kompaniyalari tirik qoramolni jo‘natadi, O‘zbekiston go‘sht kombinatlari esa ish o‘rinlari yaratishdan tashqari, bog‘liq bo‘lgan boshqa mahsulotlar — teri, suyak uni va ichak-chovoqlar hisobidan qo‘shimcha daromad ham oladi, deyiladi xabarda.

“Ularda ishlov berish baralla ishlaydi. Nima uchun o‘zimiz tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ya olmaymiz?” — degan savolni qo‘yadi agentlik jurnalistlari.

Bunga javoban, KazakhExport kompaniyasi departamenti direktori Ayan Bektibayeva tirik qoramol talabgirroq ekanligini, qayta ishlangan mahsulotni yuborish uchun esa global investitsiyalar va katta hajmdagi aylanma kapital kerak bo‘lishini aytdi.

“Xabar” jurnalistlari ta’kidlashicha, shunga o‘xshash vaziyat un tortish sohasida ham kuzatilmoqda.

“Donni sotamiz, unni esa yo‘q, chunki O‘zbekiston unni olib kirish uchun bojni ko‘taradi, donga bojni esa pasaytiradi. Eksportdagi bunday o‘yinlar nima bilan bog‘liq? Va biz o‘z manfaatlarimizni qanday himoya qilamiz?” — deb so‘radi jurnalistlar.

“Bektibayeva har bir mamlakat o‘z manfaatlarini qo‘llab-quvvatlashini, Qozog‘iston ham shunchaki xomashyo emas, tayyor mahsulotni eksport qilishga urinayotganini, buning uchun kompaniyalarga dotatsiyalar taqdim etilganini aytdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-10-2018, 19:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют