» » Toshkentda Yosh kompozitorlar respublika festivali tashkil etildi

Toshkentda Yosh kompozitorlar respublika festivali tashkil etildi


Toshkentda O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi tomonidan Madaniyat vazirligi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, O‘zbekiston davlat konservatoriyasi bilan hamkorlikda Yosh kompozitorlar respublika festivali tashkil etildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Mazkur festivaldan ko‘zlangan asosiy maqsad keng jamoatchilik va yosh avlodni kompozitorlik ijodiyoti namunalari bilan yaqindan tanishtirish, yosh kompozitorlar ijodini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashdan iboratdir.

Besh kun davom etadigan mazkur festivalda mamlakatda faoliyat olib borayotgan yosh iste’dodli kompozitorlarning simfonik va xalq cholg‘ulari orkestri uchun yaratgan asarlari, kamer cholg‘u musiqalari, O‘zbekiston davlat konservatoriyasida tahsil olayotgan bo‘lajak kompozitorlar ijodidan namunalar yangraydi.

Yosh kompozitorlar asarlarini O‘zbekiston milliy simfonik orkestri, Davlat akademik xalq cholg‘ulari orkestri jamoalari, xalqaro va respublika tanlovlari sovrindorlari ijro etadi. Shuningdek, festival doirasida bolalar musiqa va san’at maktablarida ijodiy uchrashuvlar va mahorat darslari o‘tkaziladi. “Kompozitorlik ijodiyoti masalalari” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tadi.

Festival tadbirlari Yoshlar ijod saroyi, O‘zbekiston davlat konservatoriyasi, O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi zallarida bo‘lib o‘tadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-10-2018, 21:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 85) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют