» » Toshkentda 2008—2009-yilda ishlab chiqarilgan Mercedes-Benz avtobuslarining harakati to‘xtatildi

Toshkentda 2008—2009-yilda ishlab chiqarilgan Mercedes-Benz avtobuslarining harakati to‘xtatildi


“Toshshahartransxizmat” kompaniyasi rahbariyati avtosaroylar tarkibidagi eng ko‘p masofa bosib o‘tgan 2008?2009 yillarda ishlab chiqarilgan Mercedes-Benz Low Floor rusumli avtobuslarni 13-oktabrdan boshlab yo‘lovchi tashish uchun yo‘nalishlarga chiqarmaslik bo‘yicha qaror qabul qildi. Bu haqda kompaniya axborot xizmatiga tayanib, “Gazeta.uz” xabar qildi.

Mazkur qaror kompaniya rahbari Mohirjon Valiyev tomonidan so‘nggi kunlarda poytaxtda yo‘lovchi avtobuslarida tez-tez yong‘inlar sodir bo‘layotgani sababli qabul qilindi.

Bugun, 12-oktabr kuni soat 14:50 atrofida Toshkent shahrining Parkent bozoriga yaqin hududda 95-yo‘nalishdagi avtobus yonib ketdi.

Shu bilan bir qatorda, barcha eski avtobuslar bo‘yicha maxsus — kuchaytirilgan tartibda texnik ko‘rik o‘tkaziladi. Unda transportdagi barcha texnik jismlarning yaroqlilik darajasi aniqlanadi. Bu bo‘yicha komissiya xulosasi olinadi. Shunga muvofiq eski avtobuslarni yo‘nalishlarga chiqarish yoki chiqarmaslik bo‘yicha yakuniy qaror qabul qilinadi.

“Toshshahartransxizmat” rahbariyati yo‘nalishlardagi avtobuslar qatnovida yuzaga keladigan oraliq vaqtlarning uzayishi va boshqa noqulayliklar uchun barcha yo‘lovchilardan uzr so‘rab, ushbu noqulayliklarni tezda baratarf etish choralari ko‘rilishini ma’lum qildi.

10-oktabr kuni soat 14:52 da “Chinni bozor – Qoraqamish” yo‘nalishi bo‘ylab harakat qilayotgan Mercedes-Benz Low Floor rusumidagi 87-raqamli avtobusda yong‘in chiqqan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-10-2018, 22:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 58) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют