» » O‘zbekistonda uy-joy buzilganda kompensatsiya to‘lash tartibi o‘zgardi

O‘zbekistonda uy-joy buzilganda kompensatsiya to‘lash tartibi o‘zgardi


O‘zbekistonda uy-joy buzilganda kompensatsiya to‘lash tartibi o‘zgardi. Bu haqda “Podrobno.uz” xabar bermoqda.

Davlat rahbari Uy-joy kodeksining 27 va 28-moddalariga o‘zgarishlar kiritilishini nazarda tutuvchi qonunni imzoladi.

Mazkur o‘zgarishlarga binoan oldinlari uy-joylar buzilganda ularning egalari, oila a’zolari, shuningdek, ushbu uylarda doimiy yashovchilarga pul yoki boshqa uy-joy shaklida kompensatsiya to‘langan bo‘lsa, endi kompensatsiyani faqat uy egalari oladi.

Ushbu qoida ko‘plab qonun buzilishlariga olib kelgani, ayrim shaxslar davlatdan ko‘proq pul undirish maqsadida yaqinlarini uyida propiska qildirgani qayd etilmoqda.

O‘zgarishlar qonun e’lon qilingan kundan — joriy yil 12-oktyabridan boshlab kuchga kirdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-10-2018, 16:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют