» » O‘zbekistonda propiska bo‘yicha qonunchilik soddalashtirildi

O‘zbekistonda propiska bo‘yicha qonunchilik soddalashtirildi


Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni doimiy va vaqtincha propiska qilish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.

Qarorga muvofiq, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda (Toshkent viloyatidan tashqari) boshqa davlatlardan kelgan va doimiy propiska qilinish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar — chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar toifalari ro‘yxati tasdiqlandi.

Endilikda chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni doimiy propiska qilish quyidagi ro‘yxat asosida amalga oshiriladi:

Qonun hujjatlariga muvofiq sotib olingan uy-joyga ega bo‘lgan chet el davlatlarning fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar — xususiy mulk qilib olingan uy-joyga;

Qarindoshlar — mazkur ro‘yxat kuchga kirgunga qadar o‘zlarining to‘g‘ri shajara bo‘yicha birinchi va ikkinchi darajadagi qarindoshlari doimiy propiska qilingan uy-joy maydoniga;

Er (xotin) — xotini (eri) doimiy propiska qilingan uy-joy maydoniga, basharti kamida besh yil birgalikda yashayotgan bo‘lsa;

Vasiylik va homiylikdagi shaxslar — vasiy (homiy) doimiy propiska qilingan uy-joy maydoniga;

Ota-onasi bo‘lmagan voyaga yetmagan tug‘ishgan aka-uka va opa-singillar — o‘zlarining tug‘ishgan aka-uka yoki opa-singillari doimiy propiska qilingan uy-joy maydoniga;

Davlat tashkilotlariga ishga taklif etiladigan mutaxassislar tegishli organ yoki tashkilot rahbarining iltimosnomasiga ko‘ra, shuningdek, ularning oila a’zolari (eri, xotini, shuningdek, ularning o‘z oilasi bo‘lmagan farzandlari) — mazkur shaxslar lavozimda turadigan davrga;

O‘zbekistonda tug‘ilgan yoki ilgari doimiy propiska qilingan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar — doimiy yashash uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarga (Toshkent viloyatidan tashqari) qaytib kelganida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-08-2018, 20:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют