» » Toshkentda chet elliklar uchun propiska ikki barobar “arzonlashdi”

Toshkentda chet elliklar uchun propiska ikki barobar “arzonlashdi”


Toshkent va Toshkent viloyatiga boshqa davlatlardan kelib, istiqomat uchun guvohnoma olgan, ammo respublikaning boshqa hududlarida propiskasi bo‘lmagan chet el fuqarolari yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar poytaxtda va poytaxt viloyatida kamida 600 million so‘mlik yangi qurilgan turar joy sotib olish huquqiga ega, deb yozadi UZ24.

Avval bunday oldi-sotdilarning minimal qiymati 150 ming AQSh dollari (1 milliard 221 million 957 ming so‘m)ni tashkil qilgan.

Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar Adliya vazirligi buyrug‘i bilan kiritildi.

Parallel tarzda bunday oldi-sotdilarni notarial tasdiqlash uchun davlat boji minimal qiymati ham pasayadi (oldi-sotdi summasining 10 foizi).



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-01-2018, 10:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 123) ( 0) ( 122) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют