» » 50 Cent Habib Nurmagomedovga 2 mln dollar taklif qildi

50 Cent Habib Nurmagomedovga 2 mln dollar taklif qildi


Taniqli reper Kyortis Jekson (50 Cent taxallusi ostida ijod qiladi) Konor Makgregorni mag‘lub etgan rossiyalik Habib Nurmagomedovga va’da qilingan 2 million dollarni berilmayotganini adolatdan emas, deb hisoblamoqda. Bu haqda “Sports.ru” xabar berdi.

“UFC’ning Habibga nisbatan qilayotgan ishlari noto‘g‘ri, axir ular Konor bilan bunday qilishmadi-ku! Agar Habib men uchun Bellator’da jang qilsa, unga bugunoq 2 million dollar naqd to‘lashga tayyorman. UFC — bu sohadagi yagona o‘yinchi emas, shartnomani ham hal qilamiz. Zubayrani ham o‘z safimizga qo‘shib olamiz”,—deydi Jekson.

Habib esa reperga quyidagicha javob qaytargan: “Agar haqiqiy erkaklar qayerda voyaga yetayotganligini ko‘rishni istasang, seni Dog‘istonga taklif qilaman. AQShga borganimda senga xabar beraman. Qo‘llab-quvvatlov uchun rahmat, sen haqiqiy erkaksan!”.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-10-2018, 10:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 34) ( 0) ( 33) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют