» » MMA jangchisi Murod Xonto‘rayevga nisbatan sud hukmi chiqarildi

MMA jangchisi Murod Xonto‘rayevga nisbatan sud hukmi chiqarildi


Joriy yilning 12-oktyabr kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tuman sudida sudlanuvchilar Murod Xonto‘rayev, D.Vahobov va I.Parpiyevga nisbatan jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha sud jarayoni nihoyasiga yetdi va sud hukmi e’lon qilindi. Bu haqda Repost’ga Oliy sud rasmiy vakili Aziz Abidov ma’lum qilgan.

Sud jinoyat ishi materiallarini har tomonlama va to‘liq o‘rganib Murod Xonto‘rayev va D. Vahobovni Jinoyat kodeksining 277-moddasi (“Bezorilik”) 3 qismi “a” bandi, I. Parpiyevni Jinoyat kodeksining 168-moddasi (“Firibgarlik”) 1 qismi va 277-moddasi (“Bezorilik”) 2 qismi “a”, “b”, “v” bandlarida ko‘zda tutilgan jinoyatlarni sodir etishda aybdor deb topdi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tuman sudi Murod Xonto‘rayevga eng kam oylik ish haqining (172 240 so‘m hisobida) 94 barobari miqdorida 16 190 560 so‘m jarima jazosi, D. Vahobovga 3 yil 8 kun muddatga ozodlikni cheklash jazosi, I. Parpiyevga oylik ish haqidan 20% davlat foydasiga ushlab qolgan xolda 2 yil 1 oy 24 kun muddatga ahloq tuzatish ishlari jazosi tayinladi.

Shuningdek, sud tomonidan sudlanuvchilarga va boshqa tomonlarga hukm ustidan shikoyat qilish tartibi va muddati tushuntirildi.

Murod Xonto‘rayev — MMA bo‘yicha Jahon chempioni, “Osiyo ayig‘i” laqabi bilan dunyoga tanilgan. Ayni paytga qadar 11 ta jang o‘tkazib, ulardan 8 tasida (6 tasini nokaut bilan) g‘alaba qozongan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-10-2018, 12:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 81) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют