» » NamMTIda Engels texnologiya instituti bilan qo‘shma dastur sinov imtihonlari yakunlandi

NamMTIda Engels texnologiya instituti bilan qo‘shma dastur sinov imtihonlari yakunlandi


Namangan muhandislik-texnologiya instituti Saratov texnika universitetining Engels texnologiya instituti bilan hamkorlikda qo‘shma dastur asosida talabalar tayyorlashni yo‘lga qo‘ymoqda. Bu haqda “Daryo”ga institut matbuot xizmati xabar berdi.

Ikki davlat oliy ta’lim muassasalari rahbariyati kelishuviga ko‘ra, kimyoviy texnologiya, texnologik mashina va jihozlar, texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish hamda boshqarish yo‘nalishlarida talabalar qabuli amalga oshirildi. Qo‘shma dasturda inegratsiyalashgan dastur orqali 2+2 ko‘rinishida o‘qish (talabalar ikki yil O‘zbekistonda, shuncha muddat Rossiyada tahsil oladi) va uning yakuni bo‘yicha ikki tomonlama tan olinadigan diplom berilishi ko‘zda tutilgan.

Uchta qo‘shma ta’lim yo‘nalishining har biriga 20 tadan qabul kvotasi ajratilgan bo‘lib, ularda 60 nafar talaba tahsil oladi.

Yaqinda institutga qo‘shma dastur sinov imtihonlarini qabul qilish uchunEngels texnologiya instituti professori Marina Kardash keldi. U rejalashtirilgan ishlarni bajarish asnosida talaba va professor-o‘qituvchilar uchun master-klass o‘tib berdi. Ikki oliygoh hamkorlik shartnomalari ishlab chiqildi va tasdiqlandi.

Ma’lumot uchun, Namangan muhandislik-texnologiya institutida Rossiya, Malayziya, Janubiy Koreya, Italiya, Portugaliya kabi o‘nga yaqin xorijiy davlat yetakchi oliy ta’lim muassalari hamda ilmiy tadqiqot markazlari bilan hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-10-2018, 13:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 108) ( 0) ( 105) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют