» » Janubiy Koreya parlamenti AQShdan KXDRni terrorchi davlatlar ro‘yxatiga qo‘shishni so‘ramoqda

Janubiy Koreya parlamenti AQShdan KXDRni terrorchi davlatlar ro‘yxatiga qo‘shishni so‘ramoqda


Vashington KXDRni terrorchi davlatlar ro‘yxatiga qo‘shishi lozim. Buni AQSh rasmiylaridan Janubiy Koreya parlamenti deputatlari so‘ramoqda, deya xabar beradi Yonhap.

Janubiy Koreya parlamenti mudofaa qo‘mitasi raisi Kim Yon Vu AQSh senati qurolli kuchlar qo‘mitasi rahbari Jon Makkeynga bu haqda tegishli maktub yo‘llaganini ma’lum qildi. 

Yaqinda Kim Chon Namning o‘ldirilishi Shimoliy Koreya tuzumining naqadar beshafqat ekanligini ko‘rsatib turibdi. Mazkur hodisa bilan mamlakat diplomatining aloqadorligi gap KXDR rasmiylari rahbarligi ostidagi terrorizm haqida ketayotganligini isbotlaydi.

Kim Yon Vu, Janubiy Koreya parlamenti mudofaa qo‘mitasi raisi

Eslatib o‘tamiz, Malayziya Interpolga Kim Chon Namning o‘ldirilishida gumon qilinayotgan Shimoliy Koreyaning 4 nafar fuqarosini qidiruvga berish haqida talabnoma yo‘lladi. Shuningdek, Malayziya politsiyasi KXDRning Malayziyadagi elchixonasi ikkinchi kotibi va Air Koryo aviakompaniyasi xodimini so‘roq qilish uchun ruxsat so‘rab, KXDRning Malayziyadagi elchixonasiga murojaat qildi. 

Опубликовано: admin (24-02-2017, 12:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 71) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют