» » Yangiyo‘ldagi harbiylashtirilgan maktabning tinglovchilari qasamyod qabul qildi (foto)

Yangiyo‘ldagi harbiylashtirilgan maktabning tinglovchilari qasamyod qabul qildi (foto)


12-oktabr kuni Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumani markazidagi xotira maydonida “Yosh temurbeklar harbiylashtirilgan sport maktabi”ning birinchi bosqichiga qabul qilingan tinglovchilarning 56 nafari qasamyod qabul qildi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Tadbirda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi harbiy qismlardagi yoshlar bilan ishlash bo‘limi mudiri Otabek Yo‘ldoshev, Yangiyo‘l tuman kengashi bosh mutaxassisi – “Kamalak” bolalar tashkiloti raisi Madina Amriyeva, “Temurbeklar” harbiy sport maktabi direktori Davron Holiqov hamda tuman jamoat tashkilotlari vakillari, 100 nafardan ziyod harbiy xizmatchilar, o‘quvchi yoshlar hamda ularning ota-onalari ishtirok etdi.

Tadbir davomida harbiylashtirilgan maktab tinglovchilariga O‘zbekiston Qurolli Kuchlaridagi eng zamonaviy qurol-aslahalar namoyish etildi. Harbiy xizmatchilarning ko‘rgazmali chiqishlari esa mehmonlarga xush kayfiyat ulashdi.

Tadbir so‘ngida tuman madaniyat saroyining taniqli san’at ustalari tomonidan konsert dasturi namoyish etildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-10-2018, 20:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 61) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют