» » “Ipak Yo‘li” banki kichik va xususiy biznesni kreditlash uchun YeTTB bilan 20 mln AQSh dollarlik kredit bitimini imzoladi

“Ipak Yo‘li” banki kichik va xususiy biznesni kreditlash uchun YeTTB bilan 20 mln AQSh dollarlik kredit bitimini imzoladi


“Ipak Yo‘li” bankiga kichik va xususiy biznesni kreditlash uchun 20 mln AQSh dollari berildi.

YeTTB O‘zbekistondagi kichik va xususiy biznesni qo‘llab-quvvatlash uchun o‘zining ilk sindikat kreditini ajratadi

“Ipak Yo‘li” aksiyadorlik innovatsion tijorat banki va Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot banki (YeTTB) 15-oktabr kuni 20 mln. AQSh dollari hajmidagi kredit bitimini imzoladilar.

YeTTB mamlakatga yangi mablag‘ ajratish hamda o‘z moliyaviy vositachilari sonini oshirish orqali O‘zbekistonda xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashni davom ettirmoqda. YeTTBning 20 mln AQSh dollari qiymatidagi ilk sindikat krediti respublikadagi yirik tijorat banklaridan biri — “Ipak Yo‘li” bankiga beriladi.

Kreditikki qismdan iborat bo‘lib, 10 mln. AQSh dollarigacha bo‘lgan birinchi qismini YeTTBning o‘z mablag‘lari tashkil qiladi, kreditning 10 mln. AQSh dollari hajmidagi ikkinchi qismi Niderlandiya Taraqqiyot banki (FMO) mablag‘lari hisobiga shakllantiriladi.

Hujjatni YeTTB tomonidan YeTTBning MDH mamlakatlari bo‘yicha direktori Natalya Xanjenkova,“Ipak Yo‘li” banki tomonidan Boshqaruv raisi Saidabror Saydaxmedov imzoladi.

Bitim, shuningdek “Ipak Yo‘li” banki kichik va xususiy biznesni kreditlashning turli sohalarini, shu bilan birga O‘zbekistonda moliyaviy institutlarni rivojlantirish dasturi doirasida tavakkalni boshqarishni qamrab oluvchi maxsus texnik yordam ham oladi.

YeTTB krediti “Ipak Yo‘li” bankiga o‘zining moliyalashtirish bazasini diversifikatsiyalash, kichik va xususiy biznesning mijozlar bazasini kengaytirish va mamlakat korxonalari uchun bir muncha uzoqroq muddatda qaytarish imkoniyatiga ega bo‘lgan kreditlar taklif qilishga yordam beradi. Kreditlarni AQSh dollari yoki milliy valyutada taqdim etish mumkin bo‘ladi.

“Ipak Yo‘li” bankining YeTTB bilan hamkorligiga 2001-yili poydevor qo‘yilgan bo‘lib, mikro va kichik korxonalar uchun mikrokreditlash dasturini joriy etish bo‘yicha bankka yordam ko‘rsatishdan boshlangan edi.

“Ipak Yo‘li” banki o‘z mijozlari uchun istiqbolli loyihalarni moliyalashtirish manbalarini tanlash imkoniyatini ta’minlash maqsadida xalqaro va xorijiy moliya institutlari bilan jips hamkorlik qilib kelmoqda.

“Ipak Yo‘li” banki 1990-yili asos solingan universal tijorat banki hisoblanadi. 2018-yilning 1-oktabr holatiga ko‘ra, bankning umumiy aktivlari 3,3 trln so‘mni tashkil qildi, bank tomonidan berilgan kreditlarning joriy qoldig‘i 2,4 trln so‘mga yetdi. Bankning bo‘limlar tarmog‘i O‘zbekistonning turli shaharlarida joylashgan 15 ta filial va 53 ta ekspress-markazni o‘z ichiga oladi.

Reklama huquqi asosida



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-10-2018, 09:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют