» » “Chek daftarchalarini tayyorlang!”. Floyd Meyvezer Habib Nurmagomedovga javob qaytardi

“Chek daftarchalarini tayyorlang!”. Floyd Meyvezer Habib Nurmagomedovga javob qaytardi


Professional ringdagi yengilmas bokschi Floyd Meyvezer Habib Nurmagomedovga javob qaytardi. Bir necha kun oldin Habib Floydni jang qilishga chorlagandi.

“CBS, Showtime va MGM Grand chek daftarchalaringizni tayyorlang! Las-Vegasni yana buyuk qilamiz!”,—deb javob yozgan Floyd Instagram’dagi sahifasida.

Qayd etish joiz, Habib Floydni janga chorlab shunday degandi: “Kel, Floyd. Men sen bilan jang qilishga tayyorman. Sening 50 ta g‘alabang mening, 27 ta g‘alabamga qarshi. Hech qachon yutqazmagan ikki yigit. Nima uchun yo‘q?! Bu chakalakzorda faqat bitta qirol bo‘ladi, bu esa, albatta, men! U Makregorni ringga qulata olmagandi, men esa buni osonlik bilan qila oldim”.

Ma’lumot uchun, 2017-yil avgustida Meyvezer UFC jangchisi Konor Makgregor bilan boks qoidalari bo‘yicha jang qilib, texnik nokaut evaziga g‘alaba qozongandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-10-2018, 09:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 36) ( 0) ( 35) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют